KIYIKTOGʻ

KIYIKTOGʻ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq balandlik. Navoiy viloyatida. Gʻarbda Yetimtogʻ va sharqda Taxtatogʻ (Toqtiniqtov) togʻlari orasida joylashgan. Bal. 420 m gacha, nisbiy bal. 140—150 m, uzunligi qariyb 10 km, kengligi oʻrtacha 2—3 km. Shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa yoʻnalgan antiklinal struktura. Oʻrta va yuqori devonning marmarlashgan ohaktosh va dolomitlari, quyi karbonning qumtosh, alevrolit, diabazlar jinslaridan tuzilgan. Kam parchalangan. Tub jinslar toʻrtlamchi, boʻr va paleogen yotqiziqlari bilan qoplangan. Faqat uning shim. tik yon bagʻrida paleozoy jinslari yuzasi ochilib qolgan. Jan. yon bagʻri zinapoyasimon koʻtarilgan. Prolyuvial va elyuvial jinslar ustida tarkib topgan boʻz-qoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, boyalich, keyreuk, baʼzan qumlarda qoʻngʻirbosh va iloq tarqalgan. Yiliga oʻrtacha 100 mm yogʻin yogʻadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x