KITOBAT SANʼATI

KITOBAT SANʼATI (arab, kataba – yozish, yozmoq soʻzidan) — qoʻlyozma kitoblarni yaratish va ziynatlash. Markaziy Osiyoda (jumladan, Oʻrta Osiyoda) qoʻlyozma kitoblarni bezash juda qadimdan maxdpliy madaniyat taraqqiyot bosqichlari b-n bogʻliq holda shakllangan. Eng qad. kitoblardan «Avesto» qoʻlyozmalari; sugʻd tilida yaratilgan «Vessantaraka jataka» asari (uning varaqlari turli mamlakatlar — Rossiya, Fransiya, Angliyada saqlanadi); sopol yuzasidagi bitiklar, charm oʻramlari, metall buyumlardagi yozuvlar, qogʻoz varaq taxlamalari (taxtachalar orasiga olib tizimchalar bilan bogʻlangan turi) va b. Oʻrta asrlarda umum musulmon yoki arab tilidagi qoʻlyozma anʼanalariga asoslangan Kitobat sanʼati toʻliq shakllandi va yuksak taraqqiyot darajasiga erishdi. Kitobat sanʼati hunarmandlar — qogʻozrez, xattot, lavvoh, moʻzahhib, musavvir, sahhof (muqovasoz) va b. dan iborat GURUH (jamoa) tomonidan bajariladigan jarayon boʻlib, Oʻrta va Yaqin Sharq islom tasarrufidagi davlatlarda bir xil usulda amalga oshirilgan. Qoʻlyozma kitob uchun yaxshi, sifatli qogoz tanlangan, xattot matnni qogʻozga yozishda maxsus qogʻozkarton (mistar) ustiga ip tortib uning izini matn yoziladigan qogʻozga tushirib olgandan soʻng xat yozilgan. Matnni joylashtirilishi xattotning mahoratiga bogʻliq boʻlgan. Bitilgan matnni lavvoh hoshiya qogʻozga yelimlagan. Ustidan jadvalkash ayni yopishtirilgan joydan turli ranglarda chiziqlar tortib, matnni jadvalga olgan. Soʻngra moʻzahhib suyultirilgan oltin va b. turli ranglar yordamida qoʻlyozmani ziynatlagan va «shams», «lavha», «sarlavha», «zarvaraq» «xotima» naqshlar bilan bezagan. Boʻsh qoldirilgan joylarga musavvir rasm (miniatyura) ishlagan. Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam bilan rasmning asosiy tarhini, shakllar chizigʻini, zaminni, detallarni chizib, soʻng turli rangda (oltin, kumush ishlatgan holda) boʻyagan. Muqovachi qoʻlyozmani karton yoki charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, boʻyoqlar, oltin bilan boʻyalgan) muqovaga biriktirgan, muqova qopqogʻi yogʻochdan baʼzan kumushdan quyib tayyorlangan hamda bosma, oʻyma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar b-n bezatilgan. Oʻrta asrlar (8—12-a. lar)da mutafakkirlar, olimlar asarlari, asosan, arab tilida (Xorazmiyning «Kitobi surat al-arz» — «Yer tasviri kitobi», 1036; Beruniyning «Osor ulboqiya» — «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», 14-a. va b.), keyinchalik (10—19-a. lar) fors tilida bitilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar davri (1370 — 1506)dan boshlab turkiy — oʻzbek tilida kitoblar yaratilishiga alohida eʼtibor berilgan. Saroy kutubxonalari va nufoʻzli shaxslar uchun tayyorlangan qoʻlyozmalar Kitobat sanʼatining yuksak namunasi darajasida yaratilgan. Mumtoz Sharq adabiyoti namoyandalari (Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Bedil, Alisher Navoiy va b.) asarlari, bukj allomalar (Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va b.)ning ilmiy asarlari qoʻlyozmalari shu usulda tayyorlangan Kitobat sanʼatining nodir durdonalaridir. Ularning aksariyati Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti fondida saqlanadi. Jumladan, shoira Nodira buyurtmasiga binoan xatgot Muhammad Yusuf Dabir tomonidan 19-a. da Qoʻqonda koʻchirilgan Alisher Navoiyning sheʼrlar toʻplami — «Devoni Alisher Navoiy» qoʻlyozma kitobi ishlangan bezaklariga koʻra, dunyoda Kitobat sanʼatida yagona nusxadir. Unda musavvir va xattot Navoiy asarlari insoniyatga Kuyoshdek nur sochib turishini ramziy tasvirlagan naqshlar mavjud. Kitobat sanʼati 20-a. gacha davom etgan. 20-a. 70—80-y. larida bir guruh olimlar (jumladan, A. Madraimov, Sh. Salimov, 111. Muhammadjonov va b.) saʼy-harakatlari, ijodiy izlanishlari natijasida anʼanaviy qoʻlyozma kitob yaratish sanʼati — K. s. qayta tiklandi. Sh. Muhammadjonov Kitobat sanʼati sda samarali ijod qilmokda: «Navoiy lirikasi», «Kalila va Dimna», «Devonu lugʻotit turk», «Ipak yoʻli hikoyalari» va b. kitoblarni Kitobat sanʼati usulida nafis bezaklar, tasvirlar bilan bezatib tayyorladi. Elmira Ismoilova, Abdumajid Madraimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x