KISTON QORA SULTON

KISTON QORA SULTON, Kistin Qaro sulton (? — 1544.8.10, Balx) — shayboniylardan amalda mustaqil boʻlgan Balx xonligi asoschisi va birinchi xoni (1526—44). Shayboniy sultonlardan Jonibek sultonning oʻgʻli. Bobur huzurida uning elchisi (Xoja Kamoliddin qoʻnoq) boʻlgan. Ubaydullaxonning Xurosonga qilgan yurishlarida (1528,1531) qatnashgan. Balxga tajovoʻz qilgan boburiylardan Humoyun (Kobul hokimi) va temuriylardan Badaxshon hokimi Sulaymonshoh bilan (1536) koʻrash olib borgan. 1537—38 y. lardan boshlab Balx bilan Eron oʻrtasida nisbatan tinch munosabatlar oʻrnatilgan. Kiston qora sulton Q-S davrida Balxda koʻplab masjid, Madrasa, shifoxona va b. binolar qurilgan. Xususan, Hinduvon (qalʼa)da yangi qalʼa, shahardagi xon xiyobonida sulton hammomi va mayd. 100×100 gaz ga teng saroy qurilgan. Sulton hammomini qurish 4 yilga yaqin (1528—31) davom etib, oʻz davrining ulkan inshooti boʻlgan. Manbalar Mirzo Boyqaro chorbogʻida qurilgan chortoqni (1539) ham Kiston Qora Sulton nomi bilan bogʻlaydilar. Uning saroyida Podshohxoja, Baqoiy, Shaydo, Oshiq, Abdiy, Xovariy kabi forsigoʻy va turkigoʻy shoirlar yashab ijod qilganlar. Ubaydullaxon vafotidan soʻng, Kiston qora sulton Q-S – Buxoroga borib, 1541-y. iyulida Moʻgʻulcha xonimga (asli Oysha sultonbegim — Boburning togʻasi Toshkent hokimi Mahmudxonning qizi, dastlab Shayboniyxon va u Marvda halok boʻlgach, Ubaydullaxon xotinlikka olgan) uylanib qaytadi. Tarixchi Said Roqimning xabaricha, Kiston qora sulton Q S – umrining soʻnggi yillarida savdoyi kasaliga yoʻliqqan boʻlib, koʻpgina nojoʻya ishlarni qilgan. Bu aholi va qoʻshin oʻrtasida gʻalayon koʻtarilishiga olib kelgan.

Manba: H o f i z Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1,2-j. lar, T., 1999, 2000.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x