KISTAQUM TOGʻLARI

KISTAQUM TOGʻLARISurxondaryo viloyatida, Bobotogʻ tizmasining jan. davomi boʻlgan Dosmanagʻi togʻlarining jan. da, oʻnga koʻndalang yoʻnalgan. Oʻz. 8—10 km, jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan. Eng baland joyi 463 m. Asosan, neogen va quyi toʻrtlamchi davrning qumtosh va konglomeratlaridan tashkil topgan. Kistaqum togʻlari relyefi unchalik keskin qiyofaga ega emas, keng toʻlqinsimon balandliklar xos, ularning katta qismi eol qumlari bilan band. Och boʻz tuproqlar choʻl qum tuproklari bilan almashinib keladi. Qoʻngʻirbosh, iloq, shuvoq qabilar oʻsadi. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga oʻrtacha 1—2, baʼzan 3—4 s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x