KISHM

KISHM — Toxaristonning qad. shaxarlaridan biri. Badaxshontgi Koʻkcha daryosining irmogʻi Mashhad daryo boʻyida joylashgan. Kishm tarixiy manbalarda ilk oʻrta asrdan boshlab (6—7-a. lar) uchraydi. 8-a. da bu yerda Toxaristonning turkiylardan boʻlgan bosh hukmdori — jabgʻusi Qutluq tardu (boshqa manbalarga koʻra, Xumorbek) yashagan; u, shuningdek, «eftalitlar shoqi» unvoniga ham ega boʻlgan. Somoniylar davrida (9—10-a. lar) Kishmda bir yoʻla 3 zarbxona boʻlib, u temuriylar davrida xam mavjud boʻlgan. B. Ahmedovnish fikricha, Kishm moʻgʻullar tomonidan bosib olinmagan, shahar 14-a. ning 1-yarmigacha mustaqilligini saqlab qolgan. U katta bir viloyatning markazi boʻlgan. Marko Yaoyaoning maʼlumotiga koʻra, 14-a. da Kishmning oʻz hokimi boʻlib, oʻnga togʻdagi bir qancha shahar va qishloqlar boʻysoʻngan. Shahar oʻrtasidan katta daryo oqib oʻtgan. Kishm atrofidagi aholi togʻlarda chorvachilik bilan shugʻullangan. 14-a. oxirida Amir Temur Badaxshonni egallaganda Kishm uning poytaxti boʻlib, Badaxshon shohi shu yerda yashagan. Temuriylar davrida Kishm rasman Samarqand, soʻng Hirotga qaram boʻlsada, amalda uni mahalliy sulola vakillari — Ba-daxshon shoxlari — Shoh Bahouddin, Shoh Mahmud va ularning avlodlari boshqargan. 1469 — 1505-y. da Kishmni Xusravshoh idora etgan, soʻngra uni Shayboniylar qisqa muddatga egʻallashgan. K. Boburnknt ukasi Nosir mirzo qoʻliga oʻtgan; temuriylarning Badaxshondagi hukmronligi 1584-y. gacha, yaʼni uni Abdullaxon II egʻallaguncha davom etgan. 16—17-a. larda — K. Badaxshon poytaxti. Ashtarxoniylaraan Nodir Muhammadxon davrida Kishm Abdulaziz sulton, soʻngra Xusrav sulton mulki boʻlgan. Hoz. Kishm shahri Toliqon va Qunduzdan sharqda joylashgan alohida viloyatning maʼmuriy markazi hisoblanadi.

Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x