KIRXGOF

KIRXGOF (Kirchhoff) Gustav Robert (1824.12.3, Kenigsberg – 1887.17.10, Berlin) — nemis fizigi, Berlin FA aʼzosi (1874-y. dan). Kenigsberg un-tini tugatgan (1846). Ilmiy ishlari elektr. optika va mexanikaga oid. Tarmoqlangan zanjirlar boʻylab oquvchi elektr tokining taqsimlanish qonuniyatlari (q. Kirxgof qoidalari)ni yaratgan va elektr potensiali tushunchasini fizikaga birinchi boʻlib kiritgan (1845—49), deformatsiya nazariyasi, elastik jismlarning harakati va muvozanati hamda suyuqliklar oqimi masalalari bilan shugʻullangan (1849—58). Nemis kimyogari R. V. Bunzen bilan hamkorlikda spektral tahlil usuliga asos solgan (1854—59) va kimyoviy elementlardan seziy (1860) va rubidiy (1861) ni topgan. Mutlaq qora jism tushunchasini fanga kiritgan va oʻz nomi bilan atalgan nurlanish qonuni (q. Kirxgof nurlanish qonuni)ni yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x