KIROV (1781-y. gacha Xlinov, 1934-y. gacha Vyatka) — RFdagi shahar, Kirov viloyati markazi, Vyatka daryosidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 499,2 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mashinasozlik va metall hamda yogʻochga ishlov berish mashinalari i. ch. (stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika sanoati va b.), mikrobiologiya, yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, gugurt f-kasi bor. Kir yuvish mashinalari ishlab chiqariladi. Loydan oʻyinchoqlar i. ch. yoʻlga qoʻyilgan. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, Badiiy, oʻlkashunoslik muzeylari, Vyatka badiiy qunarmandchilik muzeyi, A. S. Grin, M. Ye. Saltikov-Shchedrin muzeylari faoliyat koʻrsatadi. Shahar 1374-y. dan maʼlum. Tarixiy, meʼmoriy yodgorliklaridan Trifon monastirining Uspeniye sobori (17 a.), klassitsizm stilidagi turar joylar (18—19-a. lar) saqlangan. SM. Kirov nomi bilan atalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые