KIRENAIKA

KIRENAIKA — Liviyadagi tarixiy viloyat. Mil. av. 7-a. da bu yerda bir necha yunon shaharlari (eng yirigi — Kirena) ga asos solingan. Kirenaika mil. av. 6-a. dan mil. 7-a. gacha Sharqning qad. davlatlari, Rim, Vizantiya tarkibida, 7-a. dan arablar, 16-a. dan — 1911-y. gacha Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostida; 19-a. oʻrtasi — 20-a. boshida sanusiyya diniy harakati (1837-y. tashkil etilgan) ning asosiy markazita aylangan. 1912-y. dan Italiya mustamlakasi — Liviya tarkibida. 1942-y. ingliz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan; ingliz harbiy bazasi bu yerda 1969-y. gacha saqlangan. Liviya qirolligi (1951—69)dagi 3 viloyatdan biri boʻlgan Kirenaika, 1963-y. mamlakatda yangicha maʼmuriyhududiy boʻlinish joriy etilgach, bekor qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x