KINOSTUDIYA

KINOSTUDIYA (kino… va ital. studio — oʻrganish) — kinofilmlar ishlab chiqaruvchi korxona. K. badiiy-ijodiy va texnik i. ch. jarayonlarini birlashtiradi. Qanday film chiqarishiga qarab badiiy, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop, oʻquv Kinostudiyasi, multiplikatsiyey filmlar Kinostudiya siga ajraladi. Kinostudiyaning tashkiliy toʻzilishi ishlab chiqariladigan filmlarga, i. ch. hajmiga, texnik jihozlarga bogʻliq. Film i. ch. 4 bosqichdan iborat: 1) ssenariy tayyorlash;

2) suratga olish uchun tayyorgarlik (suratga olish joyini, aktyorlarni tanlash, deqoratsiya, kiyim tayyorlash, kinoproba va repetitsiya oʻtkazish, film i. ch. rejasini toʻzish); 3) suratga olish. Bu eng masʼuliyatli va sermehnat bosqich boʻlib, Kinostudiya pavilyonida va tabiat quchogʻida amalga oshiriladi; 4) filmni montaj qilish, oʻnga ovoz berish, musiqa yozish va qayta ovoz berish.

Suratga oluvchi guruh asosiy ijodiy boʻgʻin boʻlib, film yaratish davrida barcha ijodiy va b. xodimlarni oʻz atrofida uyushtiradi. Suratga olishda badiiyijodiy guruh faoliyatiga film direktori rahbarlik qiladi.

Oʻzbekistonda Oʻzb«yekfilm», «Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi», «Dostonfilm», «Yogʻdu», «Imon», «Inson», «Samarqandfilm», «Shod», «Yulduz» va boshqa Kinostudiyalar, «Nashtar» hajviy kinojurnali, shuningdek, Oʻzteleradio qoshida «Oʻzbektelefilm» faoliyat koʻrsatmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x