KINORINXLAR

KINORINXLAR (Kinorhyncha) – birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Oʻz. 0,1 — 1mm. Tanasi yassi, kalin kutikula bilan qoplangan. 13 ta segment (bosh, boʻyin va 11 ta boʻgʻim)ga boʻlingan. Tanasida pixlar va ilmoqlar boʻladi. Tanasining old qismi buralib chiqadigan xartumni hosil qiladi. Koʻndalang-targʻil muskullari dasta boʻlib joylashgan, ichagi naysimon. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. Sezgi organlari xartumidagi qillar va 1—2 juft pigment koʻzchalardan tashkil topgan. Ayirish sistemasi — 1 juft protonefridiydir. Ayrim jinsli. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Bir hujayrali suv oʻtlari va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Xartumini oldinga otib, soʻngra tanasini tortib olib harakatlanadi. 2 turkumi, 100 ga yaqin turi maʼlum, koʻpchilik dengizlar tubida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x