KINOGA OLISH APPARATI

KINOGA OLISH APPARATI — hujjatli va badiiy kinofilmlar va videofilmlarni hamda turli obyektlarni izchil ravishda ketma-ket tasvirlar (kadrlar) tarzida kinolentaga tushirish qurilmasi. Enining kengligi va formatining oʻlchami har xil boʻlgan kinolentalarga suratga olish uchun moʻljallab ishlab chiqariladi. Mac, keng formatli filmlar 70 mm li; oddiy va keng ekranli filmlar 35 mm li; televizion, ilmiy, oʻquv va havaskorlik filmlari 16 mm, 8 mm va 2×8 mm li kinolentalarga moʻljallangan apparatlarda suratga olinadi. Vazifasi va tuzilish xususiyatlariga koʻra, dastaki va muqim (statsionar) Kinoga olish apparati farklanadi. Dastaki apparatlar ixchamroq boʻlib, qoʻlda olib yurib, istalgan joyda kinoga olish mumkin. Muqim apparatlar muayyan joyda uchoyoqli shtativga oʻrnatib ishlatiladi. Kinoga olish apparati sinxron, prezitsion, ixtisoslashtirilgan, havaskorlik va maxsus turlarga ham boʻlinadi. Sinxron Kinoga olish apparati bilan tasvirni kinoga olish paytida (sinxron tarzda) tovushni ham alohida magnit lentaga yozib olish mumkin. Pretsizion Kinoga olish apparati murakkab kinoga olish uchun moʻljallanadi. Ix-tisoslashtirilgan Kinoga olish apparati bilan panoram, doiraviy, stereoskop filmlar suratga olinadi. Havaskorlik Kinoga olish apparati eni 16 mm, 8 mm va 2×8 mm li kinolentalarga ilmiy, oʻquv va havaskorlik filmlarini kinoga olish uchun ishlatiladi. Maxsus Kinoga olish apparati tez va qisqa muddatda utadigan jarayonlarni qayd qilish (juda tezkorlik bilan kinoga olish) hamda aviatsiya va kosmik parvozlarda foydalanish uchun muljallanadi.

Har qanday Kinoga olish apparati optik va mexaniq qismlardan iborat. Optik qism kinoga olish obyektivi va vizir (vizir tizim) ni oʻz ichiga oladi. Obyektiv obyektning tasvirini kinolentaning yorugʻlik sezgir katlamiga tushiradi. Vizir orqali esa obyekt kuzatiladi va apparatning obyektga nisbatan zarur vaziyati urnatiladi. Mexaniq qism lenta tortish mexanizmi, harakatlantirish mexanizmi va obtyuratordan iborat. Lenta tortish mexanizmida lentani bir meʼyorda surib, zarur paytda toʻxtatib turadigan moslamalar ham boʻladi. Obtyurator kinolenta kadr tuynugi tomon bir kadr surilganda shu tuynukka kelayotgan yorugʻlik nurlari yoʻlini dam-badam toʻsib turish vazi-fasini oʻtaydi.

Kinoga olish apparati, asosan, 19-a. oxirlaridan boshlab turli markalarda ishlab chiqariladi. Ular borgan sari takomillashib bormokda. Ayniqsa, i. t. ishlari uchun moʻljallangan Kinoga olish apparati lari — ixcham aviatsiya va kosmik kinoga olish, mikrokinoga olish apparatlari, tezkor va rastrli apparatlar, suv ostida kinoga olish, sekinlatib suratga olish apparatlari va b. yoʻnalishlardagi Kinoga olish apparatilari juda takomillashib ketdi. Bu borada Yaponiyada, AQSH va b. mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan apparatlarni misol qilib koʻrsatish mumkin (q. Kinotexnika).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x