KINESKOP

KINESKOP (yun. kinesis — harakat va sropeo — qarayman) — qabul qiluvchi televizion trubkaelektr signallarni yorugʻlik signallariga aylantiruvchi qurilma; televizion tasvirlarni qayta koʻrsatuvchi elektron nurli trubka. Oqqora tasvir hosil qilinadigan Kineskop elektron projektorli shisha kolbadan iborat boʻlib, uning old devori (ekrani) oq yorugʻlik beradigan lyuminofor qatlami b-n qoplangan. Elektron oqimi (elektron nur) taʼsirida lyuminofor yorisha boshlaydi, magnit tizim bilan ogʻdiriladigan elektron nur esa tasvirni yoyib, ekranda televizion tasvir hosil qilinadi. Tasvirning yorugʻligini va kontrastligini oshirish, shuningdek, lyuminoforning manfiy ionlar oqimidan yemirilmasligi uchun kolbaning ichki sirtiga yupqa (0,5—1,0 mkm) alyuminiy parda qoplanadi. Rangli tasvir hosil qilinadigan Kineskopda uchta elektron projektor bor, ekrani esa kizil, yashil va koʻk yorugʻlik beradigan lyuminofor bilan qoplangan (q. Rangli televideniye). Katta (3—4 m2) ekranda televizion tasvir hosil qilish uchun ravshanligi yuqori boʻlgan proyeksion Kineskopdan foydalaniladi. Ok,-qora tasvirli Kineskopning ekrani diagonali boʻyicha 3, 6, 11, 16, 23 mm (koʻtarib yuriladigan), 35, 43, 47, 59, 61, 65 va 67 mm oʻlchamda; rangli tasvirli Kineskop 25, 40, 59 va 61 mm va h. k. oʻlcham qilib ishlab chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x