KINDA

KINDA — arab qabilasi, Xadramavtning gʻarbida istiqomat qilgan. Mil. 5-a. boshida Kinda himyariy podshohlari yordamida Markaziy Arabiston qabilalarini boʻysundirgan va markazi Yamoma va Bahraynda boʻlib, Himyariylar podshohligiga qaram boʻlgan davlat barpo etgan. Kindaning eng mashhur podshohlari — sulola asoschisi Xujr (425—458) va uning nabirasm al-Xo-ris (489—529). Uning davrida Kinda yerlari Vizantiya va Eron chegaralarigacha yetgan. Kinda davlati 529-y. laxmiylardan magʻlubiyatga uchrab oʻzaro nizolar natijasida qudrati singan. 6-a. oʻrtasida Kinda davlati Markaziy Arabistondagi mulklaridan mahrum boʻlgan. Kindaning Yamoma va Bahrayndagi hukmronligi 7-a. ning 30-y. larigacha saqlangan. Kinda davlati — Markaziy Arabiston hududida vujudga kelgan ilk davlat birlashmasi boʻlib, u Arab xalifaligining barpo etilishiga zamin tayyorlagan. Johiliyat davrining mashxur shoiri Imrulqays (6-a.) K. dan chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x