KIMYOVIY TEXNOLOGIYA

KIMYOVIY TEXNOLOGIYA — tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va i. ch. vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. I. ch. usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiyaning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, i. ch. usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy Kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum i. ch. vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya anorganiq moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va b. sanoati) va organiq moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organiq kislotalar va b. sanoati) ga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x