KIMYOVIY REAKTIVLAR

KIMYOVIY REAKTIVLAR, kimyoviy reagentlar — kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan moddalar. Turlari: oʻta toza Kimyoviy reaktivlar ; kimyoviy toza Kimyoviy reaktivlar ; kimyoviy analiz uchun qoʻllanadigan toza Kimyoviy reaktivlar ; toza Kimyoviy reaktivlar, tozalangan Kimyoviy reaktivlar, texnik Kimyoviy reaktivlar Tarkibiga koʻra, K. r., anorganiq, organiq va radioaktiv izotoplar bilan nishonlangan K. r. ga, ishlatilishiga koʻra, organiq — analitik reagentlar, kompleksonlar, fiksanallar, rN — indikatorlar va b. ga boʻlinadi. Kimyoviy reaktivlar solingan idish yorligʻi yoki oʻralgan qogʻozga uning tozalik darajasi, ishlatilishi, qoʻshimchalar mikdori va saqlanish shart-sharoiti yozib qoʻyiladi. Kimyoviy reaktivlarning aksariyati zaqarli, tez alangalanadi, baʼzilari portlaydi. Shu sababli, K. r. ni ishlatishda va saklashda tegishli qoidalarga rioya qilish zarur. Havoda tez buziladigan ayrim preparatlar vodorod yoki inert gaz toʻldirilgan germetik ampulalarda, baʼzilari kerosinda (mas, ishqoriy metallar — Na, K) saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x