KIMYOVIY FORMULALAR

KIMYOVIY FORMULALAR — moddalarning sifat va mikdor jihatidan tarkibi va tuzilishini kimyoviy belgilar, shuningdek, sonlar, harflar va b. b-n berilgan ifodasi. Kimyoviy formulalar modda qanday elementlardan tashkil topganligi, bu elementlar oʻzaro qanday nisbatda birikkanligini hamda moddaning tuzilishini koʻrsatadi. Mac, suvning formulasi N2O uning tarkibi vodorod (N) va kislorod (O) dan iborat ekanligini, bu elementlar 2:1 nisbatda birikkanligini; natriy sulfat Na2SO4 esa uning molekulasi natriy (Na), oltingugurt (S) va kislorod (O)dan tashkil topganligini, bu elementlar 2:1:4 nisbatda birikkanligini; alyuminiy sulfid A12S3 esa 2 atom alyuminiy (A1) ga 3 atom oltingugurt (S) toʻgʻri kelishini koʻrsatadi (yana q. Kimyoviy belgilar).

Kimyoviy formulalar 3 xil boʻladi: empirik, ratsional va struktura formulalar. Empirik formulalar modda molekulasidagi atomlarning umumiy sonini koʻrsatadi. Mas, sulfat kislota H2SO4, etan S2N6, etil spirti S2N6O va x. k. Ratsi-onal formulalarda maʼlum sinfga kiruvchi atomlar guruhi ajratib koʻrsatiladi. Mas, etan SN3SN3 yoki SN3 — SN3, etil spirti S2N5ON yoki S2N5 — ON va h. k. Struktura formulalar esa moddaning tarkibini, molekuladagi atomlarning joylashish tartibini hamda ushbu atomlar orasidagi kimyoviy bogʻlarning qanday taqsimlanganligini koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x