Kimchi tayorlash

Kerakli masalliqlar:

1. Pekin karami
2. Tuz
3. Maxsus achchiq gazak

Tayyorlanishi:

Karamlar uzunasiga 6-8 bo’lakka bo’linadi va tuzlash uchun maxsus idishga solinadi. Ustidan oldindan qaynatilib, sovutilgan suv kumgunicha quyiladi. Bunda suvni har 1 litriga 2 osh qoshiq tuz solinadi. Karamlar har 5 soatda suvdan tashqariga chiqib qolgan joylari o’giriladi. Karam iste’mol uchun 2 sutkada tayyor bo’ladi. Tayyor bo’lgan karamlar orasiga achchiq gazak surtiladi.
Аchchiq gazakni uy sharoitida o’zingiz tayyorlashingiz yoki bozordan tayyorini olishingiz mumkin.
2 kg achchiq qalampir, 1 kg qizil bulg’or qalampiri va 5-6 bo’lak sarimsoqpiyoz bo’lakchalari birga go’sht qiymalagichdan o’tkaziladi. 2 osh qoshiq tuz qo’shilib, aralashtiriladi.

Yoqimli ishtaha!

 

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x