KIMBERLI

KIMBERLI — JARning Kap provinsiyasi shim. dagi olmos konlari guruhi. Kimberli sh. yonida 1867-y. da tasodifan topilgan. Mayd. 195 ming m2 gacha. 5 yirik (Kimberli, De-Birs, Vesselton, Byultfonteyn va Dyutoytspan) va 10 dan ortiq mayda olmos konlaridan iborat. Olmosli trubkalarning koʻndalang kesimi 15 m dan 800 m gacha. Chuqurlashgan sayin trubkalarda olmos kam uchraydi. Dyutoytspan trubkasi eng katta kon hisoblanadi. Olmos donalari 550—750 m chuqurlikdan olinadi, ularning yarmisi texnik olmoslardir. Rangi sariq, baʼzan yashil. Kimberli konlarining eng muhim xususiyatlaridan biri, u yerdan olinadigan olmoslar koʻp qismining vazni 200 karat (40 g) dan ortiq boʻlishidir. «Premyer» konida dunyoda eng yirik 3106 karatli «Kullinan» olmosi topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x