Kim nimani davolaydi?
(Shifokorlarning turlari)
🔹Endokrinolog – ichki sekretsiya bezlari kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz bilan uzviy bog‘langan markaziy nerv sistemasining bir qismi hisoblangan gipotalamus, gipofiz, g‘urrasimon bez (epifez), qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, me’da osti bezining orolcha (inkretor) qismi, buyrak usti bezlari kiradi.
🔹Terapevt – ichki a’zolar kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi shifokor. Aksariyat hollarda bemor o‘zini bezovta qilgan muammoning asl sababini bilmaganda birinchi bo‘lib terapevtga murojaat qiladi. Terapevt ko‘rigidan so‘ng, uning yo‘nalish berishi bo‘yicha gepatolog yoki endokrinolog kabi tor mutaxassislarga murojaat qilishi mumkin.
🔹 Oftalmolog – ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassisi.
🔹 Nevropatolog (nevrolog) – asab kasalliklarini aniqlash, davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
🔹 Dietolog – kasalliklarni parhez yordamida davolovchi shifokor.
🔹 Gastroenterolog – me’da-ichak yo‘li a’zolarining, asosan, noinfektsion kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
🔹 Xirurg (jarroh) – kasalliklar va shikastlanishlarni tashxislash va ularni jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha ta’lim olgan mutaxas
🔹Revmatolog – biriktiruvchi to‘qima va bo‘g‘im kasalliklarini (masalan, revmatik artrit, tizimli qizil bo‘richa, Bextereva kasalligi, revmatizm) tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
🔹Ortoped – harakat va tayanch a’zolari kasalliklari (mayibliklar)ga davo qilish va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
🔹 Kardiolog – yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi mutaxassis.
🔹 Dermatolog – teri kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
🔹 Urolog-androlog – peshob tanosil a’zolarining kasalliklari, farzandsizlik, va barcha turdagi jinsiy kasalliklarni davolovchi shifokor.
🔹 Fizioterapevt – tabiiy omillar, masalan, quyosh, havo, elektr bilan davolovchi mutaxassis.
🔹Psixiatr – ruhiy kasalliklarni tashxislash, davolash, oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor
🔹Onkolog – o‘sma (saraton) kasalliklarini tashxislash, davolash, oldini olish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
🔹Immunolog – immunitet bilan bog‘liq patologik holatlarni tekshirib, davolovchi shifokor.
🔹 Ginekolog – ayollar kasalliklari bo‘yicha mutaxassis.
🔹 Allergolog – allergik kasalliklar va allergik reaktsiyalarning kelib chiqishi, rivojlanishi hamda ularni davolash, profilaktika qilish bo‘yicha mutaxassis.
🔹 Otolaringolog – quloq, burun, tomoq va bo‘g‘iz kasalliklari diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
🔹 Gepatolog – jigar kasalliklarini davolovchi shifokor.
🔹 Logoped – nutq kamchiliklari (duduqlanish)ni davolovchi mutaxassis.
🔹Mammolog – sut bezi kasalliklarini davolash va tashxislash bilan shug‘ullanuvchi
🔹Trixolog – soch bilan bog‘liq kasalliklar (soch to‘kilishi, kallik, erta oqarishi)ni o‘rganuvchi va davolovchi mutaxassisи.
🔹Pulmonolog – nafas olish tizimi (o‘pka, bronxlar, traxeya, hiqildoq) kasalliklarini tashxislash va davolash bilan shug‘ullanuvchi shifokorи.
🔹Gematolog – qon tarkibi, uning xususiyatlari, qon ishlab chiqarish a’zolari kasalliklarini davolovchi shifokor.
🔹 Pediatr – bolalar kasalliklari mutaxassisi
🔹Neonotolog – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis
🔹Travmotolog – odam tanasiga etuvchi tirli jarohat va shikastlanishlarni davolovchi mutaxassis
🔹Venerolog – tanosil a’zolari kasalliklarini davolovchi.
🔹Anesteziolog – og‘riqsizlantiruvchi; narkoz (umumiy og‘riqsizlantiruvchi) va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi mutaxassis. Og‘riq yo‘qotuvchi moddani qon tomiriga yuborib, sezgini vaqtincha yo‘qotuvchi.
🔹Apiterapevt – asalari zahri va uning preparatlari bilan davolovchi mutaxassis.
🔹Girudoterapevt – kasalliklarni davolashda tibbiyot zuluklaridan foydalanuvchi mutaxassis.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍