TONGGI VA TUNGI ERЕKSIYALAR

TONGGI VA TUNGI ERЕKSIYALAR
Erektil disfunksiya muammolariga duch kelmagan har bir sog‘lom erkakda tonggi spontan ersksiyalar bo‘lib turadi. “Tonggi” ereksiya deb atalishi ham shartli bo‘lib, aslida tun davomida bunday “tonggi” ereksiyalar soni beshtagacha bo‘ladi.
Ular o‘z-o‘zidan, sababsiz paydo bo‘lgani uchun “spontan” ereksiyalar deb ataladi. Oddiy ereksiyadan farqli ravishda tonggi ereksiyalar jinsiy qo‘zg‘alishga bog‘liq emas, xususan, erkakning ko‘rgan tushiga aloqador bo‘lmaydi.
Tun davomida uchtadan beshtagacha ereksiyalar paydo bo‘lib, ular yarim soatdan ikki soatgacha davom etishi mumkin. Odatda bu miyaning faolligi oshgan tush ko‘rish soatlariga to‘g‘ri keladi. Tonggi ereksiyalar barcha yoshdagi erkaklarda va yosh bolalarda ham bo‘lib turadi. Faqat yosh o‘tgan sari ularning kamayib borishi kuzatiladi.
Ayrim hollarda tonggi erketsiyaning sababi siydik qovug‘ining peshobga to‘lishi bo‘lib, bunda reflektor ereksiya qo‘zg‘aladi.
Tonggi ereksiya fiziologik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu jarayon davomida zakarga ko‘p qon keladi, uning to‘qimalari oziq moddalar va kislorod bilan to‘yinadi. Aks holda zakar to‘qimalarida qon turib qolishi va gipoksiya (kislorod yetishmovchiligi) paydo bo‘lishi natijasida shularga bog‘liq kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Tonggi ereksiyalarning qisqa muddatga, masalan bir haftaga yo‘qolib qolishi xavotirlanishga asos bo‘la olmaydi. Chunki u jismoniy yoki ruhiy charchash, depressiya, stress yoki yomon ovqatlanish natijasida paydo bo‘lishi mumkin.
Dam olish va yaxshi ovqatlanish natijasida hammasi tezda o‘z o‘rniga tushib ketadi.
Tonggi ereksiyalar doimo uyqu paytida paydo bo‘lishi sababidan erkak uni sezmasligi ham mumkin. Uning borligini anikdash uchun shifokorlar bemorga ikki kecha davomida mayin qog‘ozdan halqa yasab, zakarga kiydirib qo‘yishni buyuradilar. Agar qog‘oz halqa shu davrda yirtilmagan bo‘lsa, demak spontan ereksiyalar paydo bo‘lmagan bo‘ladi.
Agar tonggi ereksiyalar bir haftadan ortiq vaqt davomida paydo bo‘lmayotgan bo‘lsa, bu narsa tashvishlanishga va uning sababini qidirishga asos bo‘ladi. Agar bunda oddiy ereksiya hech qanday qiyinchiliksiz paydo bo‘layotgan bo‘lsa, demak sizda biror ruhiy muammo (stress, depressiya) bor va iloji boricha ulardan tezroq qutilish kerak.
Tonggi ereksiyalarning uzoq vaqtga yo‘qolishi erkak uchun, aslida katta halokat emas va u uchun qattiq tashvishlanish ham nojoiz. Shuning uchun ham tabiat uni erkakdan yashirib, uyqu payti paydo bo‘ladigan qilib qo‘ygan. Shifokor nuqtai nazaridan esa erkakning jinsiy sohasida paydo bo‘layotgan muammolarining bir alomati sifatida ahamiyatga ega.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x