KILIKIYA

KILIKIYA — Kichik Osiyo (hoz. Markaziy Turkiyaning jan.)dagi qad. viloyat. K. nomi dastlab ossuriy yozuvlarida uchraydi. Mil. av. 2-ming yilliklarda Kilikiya Xett podsholigi tarkibida edi. Mil. av. 12—6-a. larda Kilikiya hududida bir nechta mustaqil davlatlar boʻlgan. Mil. av. 6-a. da K. Ahomaniylar davlati tarkibiga kirgan. Mil. av. 333-y. da uni Aleksandr bosib olgan. 297—190-y. larda Kilikiya Salavkiylar hukmronligi ostiga oʻtgan. Mil. av. 103-y. da Rim imperiyasi tomonidan istilo qilingan. Oʻrta asrlarda K. Vizantiya, arablar va saljuqiylar oʻrtasidagi kurash nishoni boʻlgan. 1080—1375-y. larda Kilikiya arman podsholigi tarkibida. 1515-y. da Kilikiya usmonli turklar tomonidan bosib olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x