KIKOIN Isaak Konstantinovich

KIKOIN Isaak Konstantinovich [1908.15(28).3, Jagare sh., hoz. Litva — 1984] — rus fizigi, akad. (1953). 2-marta Mehnat Qahramoni (1951, 1978). Leningrad politexnika in-tini tugatgan (1930). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, atom fizikasi va texnikasiga oid. Kikoin — Noskov effektini kashf etgan (1933). Suyuq metallarda Xoll effektini birinchi boʻlib oʻlchagan. Metallar va yarimoʻtkazgichlarning elektr va magnit xossalarini tajribada oʻrgangan. Yuqori zichlikdagi simob bugʻining tok oʻtkazuvchanligi metallar oʻtkazuvchanligiga oʻxshash boʻlishini aniqlagan. U I. V. Kurchatov bilan hamkorlikda atom energetikasining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x