KICHIK KAVKAZ

KICHIK KAVKAZ — Zakavkazyedagi togʻ sistemasi. Old Osiyo togʻligining oʻrta qismini shim., shim.-sharqdan oʻrab turadi. Kichik Kavkazga Mesxeti, Trialeti, Somxet, Bazumi, Tambak, Murgoʻz, Shoxdogʻ, Murovdogʻ va Qorabogʻ tizmalari va ular orasidagi vodiylar kiradi. Surami tizmasi K. K. ni Katta Kavkaz bilan tutashtiradi. Kichik Kavkaz gʻarbda Kolxida pasttekisligi bilan sharqda Koʻra-Araqs pasttekisligi orasida. Mezozoy va uchlamchi davr choʻkindi vulkanik va introʻziv jinslardan tashkil topgan. Oʻz. 600 km. Bal. 3724 m gacha (Gamish togʻi). (Yana q. Kavkaz).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x