KIAKSAR

KIAKSAR (yun. Kyaxares, eroniycha — Uvaxshatra) — Shim. Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil. av. 625/624 — 585/584). Kiaksar davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylangan. Skiflarning Old Osiyo shim. dagi hukmronligiga barham bergan. Bobil b-n ittifoqsa Ossuriya davlatini yoʻq qilgan (616—605); Mani, Urartu yerlarini va Kichik Osiyo sharqiy qismini (590 — 585) Midiya hududiga qoʻshib olgan. Lidiya bilan urush olib borib, mil. av. 585-y. sulh shartnomasi tuzgan. Oʻnga koʻra, Midiyaning gʻarbiy chegarasi Galis daryosi (hoz. Qizil Irmoq) boʻylab belgilangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x