KEYS KORPOREYSHN

«KEYS KORPOREYSHN» — q. x. va qurilish texnikasini ishlab chikaruvchi jaxrndagi eng yirik kompaniyalardan biri. 1842-y. J. Keys tomonidan tashkil kdlingan. Markaziy boshkaruv idorasi AQSHning Viskonsin shtati Rasin sh. da, Yevropadagi idorasi Parijda. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlariga sotiladi. «Keys korporeyshn» turli maqsadlarda qoʻllaniladigan don va ozuqa oʻrish, paxta terish, sholi oʻrish kombaynlari, 40 ot kuchidan 440 ot kuchigacha ega boʻlgan traktorlar, zichlab yigʻadigan texnikalarni, purkagichlar, lavlagi qaziydigan komplekslar, tuproqqa ishlov beradigan agregatlar, anʼanaviy va pnevmatik ekish agregatlarini, kultivatorlar, boshqa turdagi q. x. texnikalarini ishlab chiqaradi.

«Keys korporeyshn» AQSHda 10 ta, Yevropada 3 ta, Braziliyada va Avstraliyada bittadan i. ch. korxonalariga ega. 1997-y. dan boshlab korporatsiyaga «Konkord» (AQSH), «Shtayer» (Avstriya), «Fermek va Jem Sprayrz» (Buyuk Britaniya), MDV va «Forshtrit» (Germaniya), «Feksikom» (Kanada) kabi yirik i. ch. korxonalari qoʻshildi. Kompaniya tarkibiga dizel motorlari ishlab chiqaradigan «Kammins» va yem-xashak ekinlari oʻradigan texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ham kiradi. 2000-y. da korporatsiya tarkibida XXRda katta xajmdagi ogʻir yuklarni ortuvchi texnika ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil qilindi. Ukrainada tashkil qilingan traktor ishlab chiqaradigan «DniproKeys» qoʻshma korxonasi hamda 2000-y. da Oʻzbekistonda tashkil qilingan, traktorlar va paxta terish mashinalari ishlab chiqaradigan «Oʻz Keysmash» qoʻshma korxonasi, Belorussiyaning Lida shahrida tashkil qilingan don oʻradigan kombaynlar ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona ham «Keys korporeyshn» tarkibiga kiradi.

Kompaniya ehtiyot qismlar bilan taʼminlashning tezkor bajariladigan va samarali tizimiga ega. Yevropada 5 ta markazlashtirilgan ehtiyot qismlar bilan taʼminlaydigan omborxonalari mavjud boʻlib, buyurtmalarning 24 soat davomida bajarilishini taʼminlaydi.

1999-y. da «Keys korporeyshn» kompaniyasi bilan «Nyu Xolland» kompaniyasi qoʻshilib, «Keys-Nyu Xolland» («CNH») nomida yangi korporatsiya tashkil qilindi. Bu korporatsiya qurilish texnikasi i. ch. hajmi boʻyicha jahonda 3-oʻrinni egallaydi.

«Keys korporeyshn» oʻzining q. x. va qurilish texnikasiga servis xizmat koʻrsatadigan tizim yaratgan. Oʻzbekistonda «Keys korporeyshn» traktorlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni «Toshkent traktor zavodi» aksiyadorlik jamiyati b-n, paxta teradigan mashinalarni esa «Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinalari zavodi» aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda tashkil qilgan.

Sadir Salimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x