KETONLAR

KETONLAR — karbonil guruhi (>S=O) ikki organiq radikal bilan bogʻlangan organiq birikmalar. Radikallarining tabiatiga qarab, alifatik, alitsiklik va aromatik Ketonlarga boʻlinadi. Ketonlarning aralash xili ham bor. Olinish usullari va kimyoviy xossalari aldegidlarga oʻxshaydi. Ketonlar sanoatda ikkilamchi spirtlarni oksidlab yoki katalizator ishtirokida degidrogenlab olinadi. Ketonlar qaytarilganda ikkilamchi, magniygalogenorganiq birikmalar bilan uchlamchi spirtlar hosil qiladi. Karbonil guruhdagi kislorod baʼzi moddalar bilan oson almashinadi. Kislota va ishqorlar taʼsirida kondensatlanadi (q. Kondensatlanish reaksiyasi). Ketonlar koʻpgina sohalarda qoʻllaniladi. Chunonchi: siklogeksanon kapron tolasi uchun boshlangʻich mahsulot hisoblanadi. Ular, shuningdek, polimerlar, pestitsidlar, stabilizatorlar, fotomateriallar tayyorlash, dori, xushboʻy moddalar va b. olishda erituvchi, ekstragent sifatida ishlatiladi (q. Iononlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x