KETMON

KETMON — dehqonchilikda foydalaniladigan dastaki mehnat quroli. Ketmon metall (koʻpincha maxsus poʻlat)dan tayyorlangan ish qismi va yogʻoch dastadan iborat. Dasta oʻtadigan teshigi — zoʻgʻata, uning atrofi — girvon deyiladi. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dehqonlarning asosiy ish quroli hisoblangan. Yer chopish, begona oʻtlarni yoʻqotish, yerni tekislash, egat olish, ekinlar tagini yumshatish, ariq qazish, tozalash va b. ishlarda qoʻllaniladi.

Ketmon shakli, katta-kichikligi va ogʻirligiga koʻra xar xil, shoʻnga koʻra mahalliy nomlar berilgan: mas, qushnusxa, beshboʻlak, ulama, mardona, zaifona, bachkana Ketmon va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x