KESSON

KESSON (frans. caisson — yashik) — O (qurilishda) — suv ostida yoki sersuv gruntda suvdan xoli ish joyi (kamera) hosil qilishga imkon beradigan toʻsuvchi qurilma; bunda suv qisilgan havo yordamida qisib chiqariladi. Kesson yuqorida qurilib, keyin suv ostiga oʻz ogʻirligi b-n tushiriladi. Tuproq qazilgan sari K. pastroq tushaveradi. Gidrotexnika inshootlari, koʻpriklar, tunnellar, chuqur poydevorlar va b. qurishda qoʻllaniladi; 2) ( m ye ʼ m o r l i k d a ) — toʻrtburchak (baʼzan koʻpburchak) li ichki gumbaz va ravoq osti yoki shiftning chuqur joyi. Kesson gumbaz shiftga asos qilib olinadi va bezak vazifasini bajaradi, shuningdek, xona akustikasini yaxshilashda muhim rol oʻynaydi;

3) (kemalarni taʼmirlashda) — kemaning suv ostidagi qismini koʻzdan kechirish yoki taʼmirlash uchun vaqtinchalik suvdan quritadigan qurilma. Kemaning quritiladigan joyi shakliga mos keladigan qilib metall yoki yogʻochdan ishlanadi. Kesson ichidan suv soʻrib olingandan soʻng u atrofdagi suvning bosimi taʼsirida kema korpusiga zich yopishadi. Kesson kemani doklarga kiritishdan xoli qilish imkonini beradi;

4) (aviatsiyada) — samolyot kanotiga taʼsir etuvchi va burovchi kuchlarni oʻziga qabul qiladigan ichi havoli qutichasimon lonjeron;

5) (metallurgi ya d a) — ichida sovituvchi suv sirkulyatsiyalanadigan poʻlat quticha. Shaxta pechlarining devorlari ana shu Kesson lardan terib xreil qilinadi. Bulardan tashkari, Kessondan marten pechlarining gaz kanallarini sovitishda ham foydalaniladi;

6) (quymachilikda) — quyma qoliplari devorlarini mustahkamlash va oʻnga sizot suvlari sizib oʻtishining oldini olish uchun ishlatiladigan gʻisht yoki betondan ishlangan qurilma (yashik). Chuqur oʻralarda quyma qoliplar tayyorlashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x