KERCH

KERCH — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi qaxramon shahar. Azov dengizidan Qora dengizga chiqiladigan boʻgʻoz sohilidagi port. T. y. stansiyasi. T. y. paromi orqali Kavkaz ortish-tushirish st-yasi (Taman ya. o.) bilan bogʻlangan. Aholisi 182,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Temir ruda (Qamishburun k-ti) qazib olinadi. Metallurgiya, kemasozlik va kema tuzatish, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoati korxonalari, teatr, tarix-arxeologiya muzeyi bor. Mil. av. 6-a. da yunonlar K. oʻrnida Pantikapey sh. ga asos solganlar. Mil. av. 5-a. boshlari — mil. 4-a. oxirida Bospor podsholigi poytaxti boʻlgan. Oʻrta asrlarda K. Qrimdagi yirik savdo shaxri edi. 1475-y. turklarga qaragan, 1774-y. da Rossiya bosib olgan. 1954-y. dan Ukraina tarkibida. 1941—45 y. lar urushida Kerch atrofida shiddatli janglar boʻlgan. Melek-Chesmen qalʼasi xarobalari (mil. av. 4-a.), Demetr xilxonasi (mil. 1-a.), Ioann Predtech (10—13-a. lar) cherkovi saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x