KEPAKXON

KEPAKXON ibn Duvaxon, Kabakxon, Kebekxon, Kebek (? — 1326) — Chigʻatoy ulusining xoni (1309 va 1318—26). Mamlakatni harbiy-maʼmuriy tumanlarga bulib idora etish tartibini joriy qilgan. Kepakxon pul islohoti ham oʻtkazib, muomaladagi har xil pullarning oʻrniga Oltin Oʻrdaniki singari kumush tangalarni zarb qildirgan. Ular kepaki deb yuritilgan. Nasafdan 2 farsax (12—14 km) narida saroy qurdirgan. Keyinchalik bu saroy yonida shahar barpo etilib, Qarshi (mugʻulcha — saroy) deb atalgan. Poytaxt Nasafdan Qarshiga koʻchirilgan. Mirzo Ulugʻbekning yozishicha, Chingizxon davridan buyon xarobaga, qamishzorga aylangan Qubbatul-islom-Balx yana qayta tiklangan.

Ad.: Mirzo U l u gʻbe k, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x