KENT

KENT (sugʻdcha — uy, xonadon) — ilk va oʻrta asrlarda Turonzaminda joy nomi. Sugʻd | yozuvi va arab geograflari asarlarida kat, k a s , k a n d , «Devonu lugʻotit turk»da kend, ken shaklida keltirilgan boʻlib, dastlab bir yoki bir necha oila yashaydigan, atrofi devor bilan oʻralgan hovlini ang-latgan. Oila yoxud jamoa boshligʻi esa kadxudo (katxudo) deb atalgan. Keyinchalik Kent joy (qishloq, shaar) nomlarining tarkibiy qismiga aylangan. Sharqiy Turkiston va Eronda ham baʼzi joy nomlari tarkibida Kent birikmasi mavjud. Mahalliy hamda arab tarixchi va geograflarining asarlarida, chunonchi Najmuddin an-Nasafiyning «Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarkand» [«Samarqand ulamolari xotirasiga doyr (qanddek shirin kitob)»] kitobida Axsikas, Shaljiykas, Kabuzanjakas, Yorkas, Banokas, Boykand, Siyrakas kabi koʻplab qishloq va shahar nomlari qayd etilgan. Ibn Havqalning «Masolik ul-mamolik» asarida esa 40 dan ortik, Kent birikmasiga ega joy nomlari keltirilgan. Tarkibida Kent soʻzining yuqorida zikr etilgan turli shakllari mavjud qishloq va shaharlar hozir ham saqlanib qolgan. Mac, Toshkent, Piskent, Vobkent, Panjikent, Chimkent, Mankent, Yorkend.

Ad.: Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, 1—3-j., T., 1960—63; Najmuddin an-Nasafiy, Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x