KENIYA

KENIYA (Kenya), Keniya Respublikasi (Republic of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 582,6 ming km2. Axrlisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytaxti — Nayrobi sh. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Keniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969-y. da qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻiprezident (1978-y. dan Daniel arap Moi). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. ga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vitse-prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Keniya Sharqiy Afrika yassitogʻligi (sharkda bal. 500 m va gʻarbda bal. 1500 m) shim.-sharqiy chekkasida joy-lashgan. Hind okeani sohili uzilma togʻlardan iborat, tik va kam parchalangan. Jan. dan shim. ga tomon kengayib (50—200 km) boradigan tekislik bor. Unga tutash botiqning atrofi togʻ tizmalari (sharkda Aberder, bal. 400 m gacha, gʻarbda May va Elgeyo, bal. 3000 m gacha) va soʻngan vulkanlar (Keniya togʻi, 5199 m — K. dagi eng baland choʻqqi), Viktoriya koʻli boʻylari kambar tekislik bilan oʻralgan. Trona, oltin, kianit, diatomit, oxaktosh, grafit, polimetall ruda konlari topilgan. Keniya ekvator iqlim mintaqasidajoylashgan. Sohilda harorat issiq (iyulda oʻrtacha t-ra 24—25°, yanv. da 27°), yassitogʻlikda salqinroq. Yillik yogʻin miqdori shim.-sharkda 250 mm dan jan.-gʻarbda 1500—2000 mm gacha. Ekvator yaqinida seryomgʻir mavsum: mart—apr. va noyab. — dek. Daryolari kam suvli, qisqa, ayrimlaridagina kema qatnaydi. Yiriklari: Tana, Galana. Oqmas koʻl koʻp (eng kattasi — Rudolf). Mamlakatning sharqi va shim.-sharqi jigarrang-qizil lateritlashgan, toshloq, kamhosil, aksar shoʻr tuproqli. Shim.-gʻarbi va jan.-sharqi qizil-qoʻngʻir, Viktoriya koʻli boʻylari oʻtloqi qizil-qoʻngʻir, Hind okeani sohili qora va boʻz tuproqli. Keniya shim. da tikanli oʻrmonlar va butazorlar, choʻlga aylanayozgan savannalar, gʻarbida boʻydor oʻtli savannalar, togʻ etaklarida sernam tropik oʻrmonlar, togʻlarda oʻtloqlar bor. Yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, zebra, buyvol, jirafa, arslon, maymunlar, daryolarda timsoh, begemotlar uchraydi. Keniyada qoʻriqxona va milliy bogʻlar (Savo, Sibilon, Maun-Keniya, Meru, Aberder va b.) koʻp.

Aholisining 66% ni benue-kongo tillarida soʻzlashuvchi xalqlar tashkil etadi. Ularning yiriklari: kikuyyu, luxya, kamba, kisii, meru va b. K. da hindlar, yevropaliklar, arablar va b. xam yashaydi. Rasmiy tillar — suaxili va ingliz tillari; aholining 1/2 qismi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari xristianlar, musulmonlar va b. Jami aholining 25,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nayrobi, Mombasa, Nakuru, Kisumu. Tarixi. Keniya hududida ilk paleolit davrida manzilgohlar boʻlgani maʼlum. Ayrim tadqiqotchilar dastlabki odamzot shu yerda paydo boʻlgan, deb hisoblaydilar. Hoz. aholisining koʻpchiligi 14—19-a. larda Afrikaning turli joylaridan kelgan bantu va nilot qabilalaridan tarqalgan. Mil. av 5—6a. larda Keniyaga yunon, misr, xitoy, arab dengiz sayyohlari va savdogarlar kelib ketib turgan. 7—8-a. larda qishloqlar, 11 — 15-a. larda shahar-davlatlar paydo boʻldi. 16-a. da portugallar K. ning sharqiy qismini bosib oldi. 18-a. da bir necha arab sultonliklari vujudga keldi va qul savdosi rivojlandi. Buyuk Britaniya qul savdosiga qarshi kurash bahonasi bilan Keniyaga suqilib kela boshladi. 19-a. oxirida K. Buyuk Britaniya qoʻl ostiga oʻtdi. Mustamlakachilar mahalliy aholidan unumdor yerlarni tortib oldi. Afrikaliklar maxsus ajratilgan joylarda yashashga majbur etildi, irqiy kamsitildi. 1920-y. da K. Buyuk Britaniya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. Shundan keyin mustamlakachilikka qarshi harakat qiluvchi siyosiy tashkilotlar (Kikuyyu tashkiloti va b.) tuzilib, ular majburiy mehnat bekor qilinishi, soliqlar qisqartirilishini, maorif tizimi yaxshilanishi va tortib olingan yerlar qaytarib berilishini talab qildi. 2-jahon urushi davrida Keniya oziq-ovqat va q. x. xom ashyosi yetkazib beruvchi manbaga aylantirildi, keniyalik askarlar Buyuk Britaniya mustamlaka qoʻshinlari safida Yaqin Sharq va Birma (hoz. Myanma) dagi urushda qatnashdilar. 40-y. lar oxirida ozodlik harakati yanada kuchaydi. 1952-y. da qurolli qoʻzgʻolon boshlandi. Qoʻzgʻolon 4 y. davom etdi. Mustamlakachilar qoʻzgʻolonni bostirib, vatanparvarlardan 11 ming kishini oʻldirdi, 100 mingga yaqin kishini qamoqqa oldi. 1960-y. tuzilgan Keniya afrikaliklar milliy ittifoqi (KANU) K. mustaqilligini talab qildi. 1961-y. Krnun chiqaruvchi kengashga oʻtkazilgan saylovda KANU 67% ovoz oldi. 1963-y. mayda yangi Millat majlisiga oʻtkazilgan saylovda ham KANU gʻolib chiqib, J. Keniata boshchiligida birinchi milliy hukumat tuzildi. 1963-y. 12 dek. da Keniya mustaqil davlat, 1964-y. 12 dek. da esa respublika deb eʼlon qilindi Keniya — 1966-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 dek. — Mustaqillik kuni (1963).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Demokratik partiya, 1992-y. da tuzilgan; K. afrikaliklar milliy ittifoqi (KANU), 1960-y. da asos solingan; Milliy rivojlanish partiyasi, 1994-y. da tuzilgan; Sotsial-demokratik partiya, 1992-y. da asos solingan; Ford-Asili va Ford-K. partiyalari, 1992-y. okt. da tuzilgan. Keniya kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1965-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Keniya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10%gayaqin. Iktisodiyotining asosi – q. h., uning mahsuloti mamlakat eksportining 3/4 qismini tashkil etadi. Keniya mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida q. x. ning ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural i. ch. ulushi kamaydi.

Qishloq xoʻjaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal, piretrum, paxta, sholi, bugʻdoy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, maniok, tariq, joʻxori, arpa yetishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoati, asosan, q. x. xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobil yigʻuv, koʻnchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsozlik, qogoz sanoati korxonalari, sement z-dlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy soda, diatomit, kaolin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha miqdorda mis, qoʻrgʻoshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldoret sh. Energetika soxasida gidroelektr st-yalariningsalmogʻi katta. Tana daryosi boʻyida Gitaru, Kamburu, Kindaruma GESlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Transporti. 3 ming km t. y., 62 ming km avtomobil yoʻli bor (shundan 4,5 ming km asfaltlangan). Asosiy dengiz porti — Mombasa. Nayrobi va Mombasada xalqaro aeroportlar bor.

Keniya chetga kofe, choy, neft mahsulotlari, tamaki, piretrum, sizal, meva va sabzavot, kalsinirlangan soda, goʻsht, teri, sement va h. k. chiqaradi. Chetdan sanoat va transport uskunalari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, neft, dori-darmon va h. k. oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlar — Buyuk Britaniya, Gemaniya, AQSH, Yaponiya, Niderlan-diya. Tashqi sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Keniya shillingi.

Tibbiy xizmat. Sogʻliqni saqlash tizimiga davlat rahbarlik qiladi. Yuqumli kasalliklar (bezgak, ichburugʻ, yuqumli gepatit, ich terlama va b.) keng tarqalgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Nayrobi un-tida, oʻrta malakali tibbiy xodimlar Tibbiy tayyorgarlik markazi va tibbiyot maktablarida tayyorlanadi.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Keniyada boshlangʻich maktab 7 y. lik va bepul. Bolalar 6 yoshdan ingliz tilida oʻqitiladi. 4-sinfdan boshlab suaxili tili. oʻrgatiladi. Oʻrta maktab 6 y. lik. Mamlakatda 16 ming boshlangʻich, 2,5 ming oʻrta maktab bor. . Ilk hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 2—6 y. lik savdo, tijorat, hunarmandchilik, q. x., oʻrmon va veterinariya hunar bilim yurtlari va maktablarida, shuningdek, korxonalarda amalga oshiriladi. Oʻrta texnika taʼlimi kichik oʻrta maktab negizida kollejlarda tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Nayrobidagi Milliy un-t, Egerton un-ti, Nayrobidagi un-t kolleji. Yirik kutubxonalari: Milliy un-t kutubxonasi, Nayrobidagi Yodgorlik kutubxonasi, un-t kolleji kutubxonasi, Mombasadagi ommaviy kutubxona; muzeylari: Nayrobidagi Keniya milliy muzeyi, Kitale sh. dagi Gʻarbiy Keniya milliy muzeyi, Mombasadagi muzey va b.

Keniyada 20 ga yaqin ilmiy muassasa, jumladan, Nayrobida Keniya industrial tadqiqot in-ti, Milliy q. x. lab., Tibbiyot tadqiqotlari lab., Sil kasalliklari tadqiqot markazi, Q. x. tadqiqot markazi, Tibbiy tadqiqot in-ti, Sharqiy Afrika in-ti, Afrika tarixini oʻrganuvchi xalqaro in-t, Nyanza viloyatida paxta tadqiqoti st-yasi, Ru-iruda kofe tadqiqoti markazi, Kerichoda choy tadqiqoti inti va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Keniyada 60 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muximlari: «Deyli neyshn» («Millatning kundalik gazetasi», ingliz tilida, 1960-y. dan), «Keniya leo» («Bugungi Keniya», suaxili tilidagi kundalik gaz., 1983-y. dan), «Keniya tayme» («Keniya vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1982-y. dan), «Pipl deyli» («Xalq kundalik gazetasi», ingliz tilida, 1998-y. dan), «Standard» («Bayroq», ingliz tilidagi gaz., 1902-y. dan), «Taifa leo» («Hozirgi millat», suaxili tilidagi kundalik gaz., 1960-y. dan), «Dram» («Doʻmbira», ingliz tilidagi oylik jur., 1956-y. dan), «Target» («Maqsad», ingliz tilidagi jur., 1964-y. dan). ʻ K. axborot agentligi (KNA) 1963-y. dek. da tashkil etilgan. Keniya radioeshittirish korporatsiyasi 1989-y. da tuzilgan. Radioeshittirishlar 1927-y. dan, telekoʻrsatuvlar 1962-y. dan olib boriladi.

Adabiyoti asosan, ingliz tilida, shuningdek, kikuyyu, masai, suaxili va b. mahalliy tillarda folklor negizida rivojlanib kelayotir. Umuman Keniyada yozma adabiyot 17-a. da suaxili tilida yuzaga keldi. Unda qahramonlik, diniy va b. mavzudagi dostonlar muhim oʻrin tutadi. Etnograf olim, milliy-ozodlik harakatining rahbari J. Keniata xalq afsonalari, ertaklari, rivoyatlarini qayta ishlab eʼlon qildi. Oʻzi ham «Keniya togʻiga qarab» (1936) va «Mening xalqim — kikuyyu» (1942) kitoblarini yozib nashr ettirdi. 19 — 20-a. larda ham, asosan, nazm rivojlandi. Nasriy asarlar 50-y. lar oxirida yuzaga kela boshladi. M. Gikaruning «Quyosh oʻlkasi», V. Itotening «General May May», J. Kariukaning «May May hibsda», M. Gateruning «Ikki olam farzandi» qissalarida inglizlarning Keniyani mustamlakaga aylantirishi va demokratik kuchlarning ozodlik uchun kurashi koʻrsatilgan. J. Ngugining ingliz tilidagi romanlari («Yigʻlama, boʻtam», «Oramizdagi daryo») va «Qora darvish» pyesasi eʼlon kilingan. Keyingi yillarda B. O. Vandera, E. Xinga, M. Alot, M. Mvangi, A. Kadambe, D. Karoka, L. Kibera, M. Ruxena kabi yosh yozuvchilar adabiyot maydoniga oʻz ovozlari va yangi mavzular bilan kirib keldilar. Ngugi Va Txiongoning «Qonli yaproklar» va «Sanamdagi iblis» romanlari ayniqsa diqqatga sazovor.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Keniya hududida ilk oʻrta ayerlarga oid mahalliy madaniyat yodgorliklari: doyra tosh devorlar, sagʻana ehromlari, arikdarning qoldiqlari saqlangan. Dengiz sohilida Gedi, Malindi, Ungvana, Mnarani, Takva, Mombasa kabi shaharlar paydo boʻlgan. 14 — 15-a. larda arab meʼmorligi uslubida mudofaa istehkomlari, masjidlar, bozorlar barpo etilgan. 16-a. da portugʻallar meʼmorligiga xos uslubda qurilgan qasr va Vasko da Gama tosh kolonnasi saqlangan. 20-a. dan shaharlar ingliz va nemis meʼmorlari loyiqasi asosida temir-beton konstruksiyalar va yangi qurilish metallaridan foydalanib qurila boshladi. Binolarda lentasimon deraza, peshayvon, oftob toʻsqichlar, rangli sopol plitalar keng qoʻllanilgan (mas, Milliy teatr, texnika kolleji va b.). Kishlok,larda doyra qilib loy bilan suvalgan, usti xashak bilan yopilgan sinchli uylar koʻproq uchraydi. Keyingi yillarda qurilgan inshootlardan Mombasadagi «Okeanik» mehmonxonasi, Nayrobidagi gospital, koʻp qirrali 26 qavatli minorasi va aylanuvchan restorani boʻlgan Keniata majlislar zalini koʻrsatish mumkin.

Badiiy hunarmandchilikda yogʻochni oʻyib va kuydirib naqsh solish, marosim raqslari uchun teridan niqob, mis va jezdan zeb-ziynat buyumlari, loy va qovoqsan idishlar, yogʻoch qoʻgʻirchoqlar, sopoldan jonivorlar haykalchalarini yasash, poxoldan savat toʻqish keng avj olgan.

Musiqasi. Keniya musiqiy madaniyati mamlakatda yashovchi turli elatlar musiqasini oʻz ichiga oladi. Shu tufayli ohanglar, uslublar, cholgʻu asboblari ham xilma-xil. Xalq udumlari va ma-rosimlarida ashula, raqs va musiqa boʻlishi shart. Cholgʻu asoboblari orasida turli-tuman nogʻora, doyra va surnayni eslatuvchi asboblar, oʻziga xos arfa, litungu, nay va b. bor. Koʻpincha xonandaning oʻzi arfa chalib ashula aytadi va badihachilik usulida qoʻshiq toʻqiydi. 20a. oxirida yevropacha musiqaning taʼsiri kuchaydi. Keniya mustaqillikka erishgach, havaskorlik ijodiyoti ayniqsa rivoj topdi, musiqa tashkilotlari tuzildi. Sharqiy Afrika konservatoriyasi, Nayrobi musiqa jamiyati, «Bomas» ashula va raqs guruhi, radio va televideniyening cholgʻu asboblari orkestri musiqa madaniyatini rivojlantirishda, milliy kadrlar tayyorlashda katta rol oʻynay boshladi.

Teatri. Tub aholi tomoshalarida raqs sanʼati qadimdan rivojlangan. 20-a. boshlarida Keniyada ingliz havaskor teatri truppalari vujudga keldi. 1948-y. dan Nayrobida ingliz professional teatri, 1952-y. dan Milliy teatr ishlaydi. Keniya mustaqillikka erishgach, afrika va hind teatrlari paydo boʻldi. Teatrni xalq ommasiga yaqinlashtirishga intilgan J. Mpaxlele «Chemchemi» («Chashma») truppasini tuzib, unga rahbarlik qildi va bir qancha pyesalarni muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. «Tausi» drama klubi (1963) mahalliy mualliflarning maishiy mavzudagi pyesalarini qoʻyish bilan shuhrat qozondi. Milliy teatrning keniyaliklardan birinchi direktori — Set Adagala rahbarligida drama maktabi ochildi. Uning talabalari ishtirokida tashkil etilgan Milliy teatr truppasi mamlakat boʻylab tomosha koʻrsatib yuradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x