KENEMA

KENEMA — Syerra-Leonedagi shahar, mamlakatning jan.-sharqida. Sharqiy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990-y. lar boshlari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Xunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda yirik korxonayogʻochsozlik k-ti («Forest indastris» davlat kompaniyasi) mavjud boʻlib, mebel, yogʻoch plitalar va b. ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati (sholi oqlash, kofe, goʻshtni qayta ishlash va h. k.) korxonalari, avtomobil taʼmirlash ustaxonalari, olmosga ishlov berish korxonalari, issiklik elektr st-yasi, texnika inti bor. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. Kenema yaqinida xromit konlari topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x