KENDIRDOSHLAR

KENDIRDOSHLAR (Arosupaseaye) — koʻp yillik oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta, liana va oʻtlardan iborat. Bargi oddiy, cheti tekis. Guli toʻgʻri, ikki jinsli, changchisi 5 ta, urugʻchisi 2 mevabargli, 2 uyali. Mevasi koʻsakcha, danakcha, rezavor-meva va b. Aksari turlarining poʻstloqlarida uzun, mayin, pishiq lub tolalari, baʼzan kauchukli boʻgʻimsiz sut naychalari bor. K. ning 150 turkumi, 1100 dan ortiq turi bor. Asosan, tropik va subtropiklarda, 9 turkumi moʻtadil iqlimli joylarda tarqalgan. Oʻzbekistonda boʻrigul va kendir turkumlari uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x