KEMEROVO

KEMEROVO (1925-32 y. larda Shcheglovsk) — RFdagi shahar, Kemerovo viloyati markazi, Iskitim daryosining Tom daryosiga quyilish yerida, Tom daryosidagi pristan. Transport yoʻllari tuguni. Yurga st-yasi orqali TransSibir magistrali bilan bogʻlangan. Kuzbass koʻmir havzasining markazi. Aholisi 500,7 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kimyo («Ximprom», «Azot» va boshka i. ch. birlashmalari), mashinasozlik (kimyo mashinasozligi, elektrotexnika, elektr dvigatellari, «Kuzbasselektromotor», «Strommashina» z-dlari), yengil, oziqovqat, mebel va qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), 3 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari mavjud. Kemerovo 1918-y. Shcheglovo (1720-y. da asos solingan) va Kemerovo (1863-y. da asos solingan) qishloqlaridan vujudga kelgan. Kemerovo atrofidan toshkoʻmir qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x