KELISHIK

KELISHIK — ot yoki otlashgan soʻzning boshqa soʻzlar bilan aloqasini koʻrsatuvchi grammatik shakl. U ot shakli ekanligi holda, birikma yoki gap tarkibida uning boshqa soʻzga tobelanishini koʻrsatadi. Bu sintaktik munosabat kelishik shaklining oʻzi b-n, koʻmakchi yoki koʻmakchi vazifasidagi soʻz bilan birga ifoda topishi ham mumkin.

Kelishik miqdori turli tilda har xil. Oʻzbek tilida 6 ta kelishik boʻlib, ular bosh (shaklsiz), qaratqich (shakli ning), tushum (shakli – ni), junalish (shakli ga – ka – qa), oʻrin (shakli – da), chiqish (shakli – dan) kelishiklaridan iborat. Shulardan qaratqich kelishigi ot tomonidan boshqarilib, hokim soʻz egalik qoʻshimchasini olib keladi: kitobning varagʻi. Qolgan tushum, joʻnalish, oʻrin, chiqish kelishikli otlar feʼl yoki sifat tomonidan boshqariladi: kitobni varaqladi, kitobga qaradi, kitobda yozilgan, kitobdan olindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x