KELERMES QOʻRGʻONLARI

KELERMES QOʻRGʻONLARI — qad. mozorqoʻrgʻonlar (mil. av. 6-a.). Adigeya Respublikasi (RF) ning Giagin r-nidagi Kelermes stanitsasi yaqinida joylashgan. NM. Veselovskip tomonidan qisman oʻrganilgan (1903—04). Qoʻrgʻonlar tagidan ustunlarga oʻrnatilgan yogʻoch chayla shaklida usti yopilgan katta qabrlar topilgan. Qurbonlik qilingan otlarning skeleti (har bir qabrda 24 tagacha), ularning hashamatli jabduqlari, dafn aravasining bezaklari, qurol-yarogʻ, tillaqoshlar va qadahlar, kumush riton va koʻzgular chiqqan. Kelermes qoʻrgʻonlari mahalliy meot qabilalari yoxud Old Osiyoga qilingan yurishdan soʻng shu yerda qolgan skiflarning qabila zodagonlariga mansub boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x