KEGEYLI — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1978-y. dan). Tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Nukus (41 km). Axolisi 13,0 ming kishi (2000). Shaharcha hududidan Jilvonyop kanali oqib oʻtadi. Kegeylida hokimiyat binosi, 2 bank, madaniyat saroyi, markaziy kasalxona, maʼmuriy idoralar, 2 dehqon bozori, «Paraxat» xususiy korxonasi, maishiy xizmat uyi, avtokorxona va b. mavjud. Shaharchada 4 oʻrta maktab, kasb-hunar va oʻrta taʼlim litseylari, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, «Doʻstlik» guzari «Tuyamoʻyin» suv saqlagichi bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые