KELGINBOYEV Niyoz Sulaymonovich

KELGINBOYEV Niyoz Sulaymonovich (1914.23.2, Andijon – 1978.1.11, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), tibbiyot fanlari dri (1963), prof. (1967). ToshTIni tugatgan (1935). Toshkent Vrachlar malakasini oshirish in-ti terapiya kafedrasida intern-vrach (1936—39), ToshTI patofiziologiya kafedrasida assistent (1939), harbiy qismlarda vrach (1940— 45), ToshTI gospital terapiya kafedrasida assistent (1945—50), dotsent (195058). Oʻlka meditsinasi i. t. institutida farmakoterapiya lab. si (1959—67), 1967-y. dan boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari farmakologiyaga oid. Kimyogar, botanik va farmakologlar bilan hamkorlikda strofantinni topib, klinikaga joriy etgan. Yurak kasalliklarini glikozidlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x