KAZARKA

KAZARKA (Branta) — gʻozsimonlar turkumiga mansub qush urugʻi, 5 ta turi bor. Tashqi koʻrinishi gʻozga oʻxshaydi, ammo ancha kichik. Rangi har xil, asosan, qoramtir, panjalari qora, jinsiy dimorfizmi rivojlanmagan. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikadatarqalgan. Oʻzbekistonda qizil tomoq K. ni baʼzan migratsiya davrida uchratish mumkin. Kazarkalar muhim ov qushi hisoblanadi. Gavay Kazarka (V. sandvicensis) Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x