KAXETI (KAXETIYA) QOʻZGʻOLONI — gruzin xalqining Eron hukmronligiga qarshi qoʻzgʻoloni (1659). Eron shohining Kaxeti tekisliklariga koʻchmanchi turkman kabilalarini joylashtirmoqchi boʻlgani sabab boʻlgan. Kaxeti (kaxetiya) qoʻzgʻoloni (K.)q. natijasida Eron qoʻshinlari Kaxetidan quvib chiqarilgan.