KAVKAZ URUSHLARI

KAVKAZ URUSHLARI — Kavkazni bosib olish uchun Rossiya imperiyasining olib borgan urushlari (18—19-a. lar). Pyotr davridayok, Rossiya Kavkazni egallash uchun harbiy harakatlarni boshlagan edi. Dastlab Dogʻistonning dengiz sohilidagi hududi va Shim. Ozarbayjonni bosib oldi (1722—23). Rossiya-Turkiya urushi (1768—74) natijasida Kabarda uzil-kesil Rossiyaga oʻtdi. 1783-y. Rossiya Sharqiy Gruziyani egalladi. 1802—06 y. larda Gʻarbiy Gruziya, Osetiya va Ozarbayjonning qolgan qismi, 1810-y. da Abxaziya Rossiya tomonidan bosib olindi.

Usmonli turk imperiyasi va Eron bilan Rossiyaning manfaatlari Kavkazda toʻqnashganligi bu yerdagi kurash jarayoniga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi. Kavkazdagi xalqlar Rossiya bosqiniga qarshi milliy ozodlik harakatini avj oldirdilar. Bu harakatga 1830-y. larda Gʻozi Muhammad, Hamzat, 1834-y. dan imom Shomil boshchilik qildi. 1843-y. Shomil bir necha rus istehkomlarini egallab, Rossiya qoʻshinlariga jiddiy zarbalar berdi. Ruslarning Kizlyar va Darband sh. lari bilan aloqalari uzib qoʻyildi, Temirxon Shoʻra (hoz. Buynaksk) sh. ni ozod qilish uchun ayovsiz janglar boʻldi. Ruslardan ozod qilingan Dogʻiston va Checheniston hududida Shomil harbiy liniy davlat — imomat tashkil qildi (q. Muridchilik). Togʻliklarning Rossiyaga karshi olib borgan ozodlik harakatlari iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 1850-y. larning oxiriga kelib zaiflashdi. Usmonli turk imperiyasidan kelayotgan yordam ham toʻxtadi. 1859-y. Shomilning soʻnggi tayanch punkti — Gunib ovuli qoʻldan ketdi. Kavkaz urushlari 1864-y. ruslar tomonidan Gʻarbiy Kavkazni bosib olish bilan tugallandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x