KAUNAS

KAUNAS (1917-y. gacha Kovno) – Litvadagi shaxar. Nyaris daryosi Nyamunas daryosiga quyiladigan joydagi port. Shahar yonida Kaunas suv ombori qurilgan. Kaunas respublikaning yirik sanoat markazi. T. y. va shosse yoʻllari tuguni. Aholisi 379 ming kishi (2001). Yozma manbalarda birinchi marta 11-asrda tilga olingan. Mashinasozlik (stanoksozlik, elektr motorlari, televizorlar va b.) va metallsozlik, yengil (toʻqimachiliktrikotaj va b.), oziq-ovqat, poligrafiya, kimyo (sunʼiy tola z-di), yogʻochsozlik va b. sanoat tarmoqlari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, GES, 5 oliy oʻquv yurti, 9 muzey, shu jumladan, M. K. Chyurlenis nomidagi Badiiy muzey, Adabiyot muzeyi, Tarix muzeyi, «9-fort» muzeyi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x