KATTAICH GʻORI

KATTAICH GʻORI — Shimoliy Nurota tizmasining shim. yon bagʻrida (Jizzax viloyati, Forish tumani), 850 m balandlikda joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi tuxumsimon shaklda (eni 1 m, bal. 0,7 m). Ichkaridagi katta xonaga 7 m uzunlikdagi yoʻlak orqali kiriladi. Xonadan har tomonga yoʻlaklar ketgan, ular oxirida torayib tugaydi. Xona sahnida gʻor gillari, devor va shiplarda boksit rudasi belgilari mavjud. Gʻorning umumiy uz. 35 m, mayd. 150 m2, qajmi 335 m2 dan ziyod.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x