KATTA TUZKON MAKONLARI

KATTA TUZKON MAKONLARIneolit davrining Kaltaminor madaniyatiga mansub makonlar. Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani markazidan 40 km shim.-gʻarbda joylashgan. Katta Tuzkondan 35 makon, Kichik Tuzkondan esa 3 makon oʻrganilgan. Katta Tuzkon Makonlarida choʻrtan, zogʻora, laqqa baliqlar, jayran, yovvoyi ot va b. hayvon suyaklari uchraydi.

Juda koʻp mikdorda mikrolitlar, paykonlar, romb yoki trapetsiya shaklidagi chaqmoqtosh yaproqchalari, bigizlar va b. topilgan. Kulolchilik charxida ishlanmagan sopol idishlar toʻlqinsimon chiziq yoki chuqurcha shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan. Katta Tuzkon Makonlari qabilalari Oʻrta Osiyoning choʻl va dashtida yashovchi qabilalar b-n yaqin aloqada boʻlgan.

Ad.: Gulyamov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobыtnaya kultura i vozniknoveniye oroshayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x