KATTA HAVZA

KATTA HAVZA — AQSHning gʻarbidagi togʻlik. Gʻarbdan Syerra-Nevada, Kaskad togʻlari va sharkdan Qoyali togʻlar oraligʻidagi berk hududlarni oʻz ichiga olgan. Mayd. 500 ming km2 dan koʻproq. Qisqa tizmalar (bal. 3000 m gacha) va oʻzaro tutash keng soylik (havza) lar bor. Relyefi kaynozoyda, zamini tokembriy-mezozoyda shakllangan. Kaynozoyda vulkanlar otilib turgan. Soyliklarning koʻpchiligi tektonik yoʻl bilan vujudga kelgan va tosh, qum-gil qatlamlari b-n toʻlib qolgan. Mis, molibden, polimetall, simob, kaliy tuzi va b. foydali qazilma konlari bor. Iqlimi keskin kontinental, katta qismida subtropik, shim. da moʻtadil iqlim. Yoz issiq, bulutsiz, qish sovuqroq, tez-tez tuman boʻlib turadi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20—22°, yanv. niki — 0—2°. Yillik oʻrtacha yogʻin 200 mm, ayrim soyliklarda 100 mm, togʻlarning gʻarbiy yon bagʻrida 500 mm. Eng katta daryosi — Gumboldt. Yirik koʻllari: Katta Shoʻr koʻl, Piramidalar koʻli, Sevir, Yuta. Suv taʼminotida artezian quduqlar muhim rol oʻynaydi. Qoʻngʻir, boʻz tuproqlar, shoʻrxok va shoʻrtoblar, togʻ-qoʻngʻir tuproqlari koʻproq. Hududining katta qismi chala choʻl. Boshoqlilar, kaktus, agava oʻsadi. Seryogʻin togʻ yon bagʻirlari qaragʻay-archa oʻrmonlari bilan qoplangan. Hayvonlardan sudralib yuruvchilar koʻproq. Suv bor joylarda dehqonchilik qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x