KATTA GʻOʻZA BITI

KATTA GʻOʻZA BITI (Acyrthosiphon gossypii Mordv.) — afidiidlar oilasiga mansub qanotli yoki qanotsiz hasharot. Tanasining uz. 3,5—4,0 mm. Qanotli va qanotsiz tirik tugʻadigan urgʻochilari och-yashil yoki sariq tusda boʻlib, koʻzlari qizil. Shira chiqazuvchi naychalari va dumi ingichka, tana uzunligining yarmicha keladi. Tuxum qoʻyuvchi urgʻochisi sariqqoʻngʻir tusli. Yil davomida bir necha partenogenetik (urugʻlanmasdan tugʻish) va bitta jinsiy avlod beradi. Tuxum holida gʻoʻzapoya va yantoqda qishlaydi. Gʻoʻza nihollariga 2-chin barg paydo boʻlishi bilan oʻtadi. Iyulda va avg. ning boshlarida Katta gʻoʻza bitining har tupdagi soni 100 — 200 ga yetadi, soʻngra bir oz kamayadi, kuzga borib esa ularning soni yana ortadi. Katta gʻoʻza biti — gʻoʻzaning eng xavfli zararkunandasi. Ular faqat barglardagina tarqalib qolmay, balki poya va gul-oldi qismini ham egallaydi; bu esa hosil organlarining toʻkilishiga sabab boʻladi. Koʻzda bitlar najasidan ifloslangan paxta tolalarining texnologik sifati buziladi.

Kurash choral ar i : hasharot soni har 100 oʻsimlikda 150—250 ta boʻlganda ichdan taʼsir qiluvchi fosfororganik preparatlar purkaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x