KATER

KATER (ing. carter) — suv sigʻimi kichik (10 dan 400 t gacha), yurish tezligi 70 uzel (130 km/soat) gacha boʻlgan yordamchi yoki jangovar kema. K. korpusidagi suv osti qismining tuzilishi boʻyicha killi, chiqiqli yoki chiqigʻi boʻlmagan yassi tubli Kater lar; harakatlanish tarzi boʻyicha suv sigʻimli, glissirlanuvchi (suv betida sirganuvchi), suv osti qanotli va havo yostikli; dvigatelining turiga koʻra, motorli, gaz-turbinali, yelkan-eshkakli Katerlar bor. K. harbiy-dengiz flotida jangovar va yordamchi kemalar sifatida qoʻllaniladi. Zamonaviy jangovar Katerning raketa va zambarak oʻrnatilgan, torpedali, qoʻriqchi, minaga qarshi, desant va b. turlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x