KATAPULTALANADIGAN OʻRINDIQ

KATAPULTALANADIGAN OʻRINDIQ — kosmonavtni kosmik kema kabinasidan xavfsiz masofaga irgʻitishni va soʻngra parashyut yordamida yerga qoʻndirishni taʼminlovchi qurilma. Kosmonavtni yerga qoʻndiruvchi vosita sifatida foydalaniladi («Vostok» kosmik kemasida kosmonavt Yer sirtidan 7 km balandlikda katapultalangan). Shuningdek, Katapultalanadigan oʻrindiq uchishning boshlangʻich qismida (kema 4 km balandlikka koʻtarilgunga qadar), avariya holatida kosmik kemani tark etishga ham moʻljallangan. Katapultalanadigan oʻrindiq pirotexnik irgʻituvchi mexanizm (baʼzan poroxli raketa tezlatkichi b-n), parashyut tizimi, avariya holati uchun zaruriy zahira, kislorod zaxirasi, skafandrni shamollatish qurilmasi, qabul qiluvchiuzatuvchi radioapparatura, kosmonavt yerga qoʻnganda isteʼmol qiladigan oziqovqatlar va dastlab kerak boʻladigan narsalar, kosmonavt tanasini oʻrindiqqa bogʻlab turuvchi mexanizmlardan tashkil topgan. Zamonaviy samolyotlarda uchuvchi kabinasi ham katapultlanadigan qurilma bilan jihozlanadi (q. Katapulta).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x