KATANIYA

KATANIYA — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya o. ning sharqiy sohilida. Etna vulkanining etagida. Kataniya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 330 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari).

Kataniya — transport yoʻllarining muhim tuguni. Oʻrta dengiz sohilidagi port. Kema remonti, verf, q. x. mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo va radioelektronika sanoati, oziq-ovqat, shoyi va ip gazlama, yogʻochsozlik, keramika korxonalari, vagon remonti ustaxonalari mavjud. Shaxar yakinida tabiiy gaz konlari topilgan.

Un-t (15-a. dan), astrofizika rasadxonasi, vulkanologiya in-ti, konservatoriya, opera teatri, botanika bogʻi bor. Yunon va Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklarining qoldiqlari, qasr (14-a.), sobor (11 — 18-a. lar) saqlangan. Kataniyaga mil. av. 8-a. da asos solingan. Kataniya oʻzining musiqa anʼanalari bilan mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x